Zarafshon shahrida "Ayollar daftari"ning 5-bosqichiga kiritiladigan ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlash maqsadida o'tkazilayotgan xatlov jarayonlari yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.
Mazkur yig'ilishda Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari L.Tursunova boshligida barcha mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi. Ayni paytda o'tkazilayotgan xatlov sifatiga, unda hamjihatlikka alohida ahamiyat berildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda barcha tashkilotlarning hamkorligi yo'lga qo'yildi.