ZARAFSHON SHAHRIDA VATAN HIMOYACHILARI KUNI KENG NISHONLANDI
Zarafshon shahar "Oltin vodiy" madaniyat uyida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Xalq va armiya - bir tanu bir jon" mavzusida bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, harbiy qism komandirlari, ofitser va serjantlar, ularning oila a'zolari, shahardagi mahalla faollari, faxriylar ishtirok etishdi.
Tadbirda shahar hokimi bayram bilan tabrikladi. "Oltin vodiy" va shahar Madaniyat bo‘limi xanandalari, badiiy jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchada xush kayfiyat baxsh etdi. Bayram tadbiri davomida shahar hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan bir guruh soha xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.