5-BOSQICHDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Zarafshon shahar hokimligi majlislar zalida Zarafshon shahri va Tomdi tumanida "Ayollar daftari"ning 5-bosqichini shakllantirish maqsadida mahallalarda 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xatlov jarayoni muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakili T. Bozorov, Zarafshon shahri va Tomdi tumani sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, Navoiy viloyati "Ayollar daftari" bo'yicha biriktirilgan vakillar, viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etib, so'zga chiqqanlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni o'z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirishdi.