ХALQ DEPUTATLARI ZARAFSHON SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAN TASHQARI YETMISH TO'RTINCHI SESSIYASI BO'LIB O'TDI
🔰Sessiya kun tartibida shaharning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid muhim 10 ga yaqin masala yuzasidan:
Shaharda oilaviy ajrimlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo'lgan salbiy holatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi dolzarb vazifalar to‘g‘risida;
Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish to‘g‘risida;
Sektorlar va hududdagi tashkilot rahbarlarining aholi muammolari va murojaatlari bilan ishlash faoliyati to‘g‘risida va boshqa muhim masalalar yuzasidan mas'ullar hisobotlari tinglandi va qarorlar qabul qilindi.
Sessiya ishi facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali onlayn efirga uzatib borildi: