Muborak Ramazon oyi munosabati bilan "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan Zarafshon shahridagi "Billur" tantanalar uyida iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Ushbu iftorlik tadbirida 300 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Tadbir davomida bugungi kunda yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, yaratilgan shart-sharoitlar, shukronalik hissi va tinchlik ulug‘ ne'mat ekanligi borasida ma'ruza qilinib, yurtimiz tinchligi, xalqimizning farovon yashashi uchun duolar qilindi.