Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

“OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA” TAMOYILI ASOSIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-sonli Qarori ijrosiga asosan bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov va shahar IIB boshlig‘i Sardor Latipovlar raisligida shahar IIB JXX HPB profilaktika (katta) inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✅Uchrashuvda shaharda 2024-yilning 7 oy davomida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

✅Shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida targʻibot va tashviqotni ishlarini amalga oshirish, “Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchiliklarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech