Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

SHAHAR HOKIMI BOZOR HOLATINI O‘RGANDI

✔️Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov mutasaddilar hamrohligida shahardagi markaziy dehqon bozorida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

✔️Shahar rahbari hududdagi tozalik va sanitariya holatlari, sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar va shu kabi bir qator yo‘nalishlarda o‘rganish ishlari olib bordi. 

✔️Jarayonda hokim xaridorlar hamda tadbirkorlarning fikrlari bilan qiziqib, ular bilan murojaat va takliflari yuzasidan suhbatlashdi. 

✔️Bozorlar mas’ullariga bu yerda doimiy tartib o‘rnatish, bozor hududida olib borilishi lozim bo‘lgan obodonlashtirish ishlarini kunlik bajarish, tozalikka va sanitariya talablariga to‘liq rioya qilish va tashrif buyuruvchilar hamda savdogarlar uchun qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi






Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech