Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahrida o‘quv-seminari o‘tkazildi

Bugun, Zarafshon shahridagi oliy va professional ta'lim, maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tashkil etish,  muammolar va ularni bartaraf etish,  istiqboldagi rejalar mavzusida Farg‘ona, Qo‘qon, Marg‘ilon tajribasi asosida shahar  o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. 

Seminarda shahar hokimi Nazirbek  Rahmanov,  Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo‘limi rahbari D.Bahronova, shahar din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Hamdamov, shahar maktabgacha va maktab ta'limi  bo‘limi boshlig‘i M.Tursunova,  shahar  IIB boshlig‘i o‘rinbosari N.Haydarovlar o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi. 

Ushbu o‘quv  seminarining maqsadi,  shahardagi umumta'lim maktablarida ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash,  tarbiyaviy ishlar  natijadorligini oshirishdan iborat. Seminarda maktab direktorlari,  maktabgacha ta'lim tashkilot rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, tarbiyachilar,  ota-onalar va yoshlar ishtirok etdi. 





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech