Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Viloyat va shahar sektor rahbarlari sanoat zonasida

15-avgust kuni viloyat prokurori Azamat Mirzayev, viloyat IIB boshlig‘i Azat Tasbayev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sunnatillo Nazarov, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, barcha sektor rahbarlari shaharda tashkil etilayotgan 14 gektar maydonlik "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi"da bo‘lib, ushbu hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishdi hamda tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini birma-bir tinglashdi. 

Har bir murojaatni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, barcha loyihalarni qisqa muddatlarda ishga tushirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Ma’lumot uchun: ushbu sanoat va tadbirkorlik zonasida jami qiymati 18,3 milliard so‘mlik 79 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Loyihalarning 49 tasi sanoat yo‘nalishida, 30 tasi xizmat ko‘rsatish sohasida bo‘lishi belgilangan







Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech