Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

Zarafshon shahrida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Zarafshon shahar Yulduz madaniyat markazida viloyat va shahar sektor rahbarlari ishtirokidagi elektr energiyasini iqtisod qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha o‘quv seminari mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda viloyat prokurori Azamat Mirzayev, viloyat IIB boshlig‘i Azat Tasbayev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sunnatillo Nazarov, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i Otabek Ruziyev, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, barcha sektor rahbarlari,  Xalq qabulxonasi mudiri,  mutasaddi rahbarlar, muassasa rahbarlari, tadbirkorlar,  quruvchilar, elektr va gaz korxonalari mas’ullari ishtirok etishdi.

Seminarda yashil energiyani yo‘lga qo‘yish, quyosh panellari, suv kollektorlari, tejamkor gaz yoqish uskunalari kabilarning o‘rnatilishi natijasida aholi va tashkilotlarda energoresurslarni tejash bilan birga, xarajatlarni kamaytirish va daromad keltirishi haqidagi fikrlar mavjud faktlar asosida keltirildi.

Ishtirokchilarga elektr va gaz korxonalari mas’ullari tomonidan kerakli ma’lumotlar berildi.













Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech