Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

APPARAT_YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

✔️Bugun, 14-avgust kuni Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov rahbarligida navbatdagi apparat yigilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibida 3 ta asosiy masala ko‘rib chiqildi. 

✔️Birinchi galda shaharda kommunal sohadagi ishlar tahlili, shirkatlar faoliyati,  oldingi yig‘ilishlarda berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar faoliyati tanqid qilinib, ularga ogohlantirishlar berildi.

✔️Shuningdek, shaharda obodonlashtirish ishlarini olib borilishi, shahar jozibadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu sohada ham sustkashlikka yo‘l qo‘ygan soha xodimlari faoliyati tanqid qilinib, ularga qattiq ogohlantirishlar berildi.

✔️Shahardagi mahalla  raislari faoliyati ko‘rib chiqildi. Aholi tashabbuskorligini oshirish, o‘z uyi atrofini tozaligini saqlash masalalari muhokama qilindi. Hamda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq muddatli topshiriqlar berildi. 







Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech