Konchilar mahallasida shahar hokimining sayyor qabuli o‘tkazildi
Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Rahmanov tomonidan 1-sektor hududi Konchilar mahallasida fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarafshon shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov, mutasaddi rahbarlar, fuqaro va yoshlar ishtirok etdi.
Sayyor qabulda har bir murojaat birma-bir tinglanib, yechimi yuzasidan aniq qarorlar qabul qilindi.