Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA SAMOKATLAR FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

#yangilik_

12-avgust kuni  Zarafshon shahar Oltintoj istirohat bog‘ida yangi zamonaviy qulayliklarga ega samokatlarni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.  Tadbirda shahar hokimi  Nazirbek  Rahmanov,  shahar  prokurori Shavkat Shernazarov, shahar  IIB boshlig‘i Sardor Latipov, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, nuroniylar va fuqarolar ishtirok etdi. 

Tadbirda shahar hokimi Nazirbek  Rahmanov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni davlatimiz  mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan samimiy tabrikladi. Yurtimizda davlatimiz  rahbari rahbarligida inson qadri ulug‘lanayotganligi, fuqarolarni munosib hayot kechirishi  uchun barcha sohalarda izchil islohotlar olib borilayotganligi,  shuni natijasi o‘laroq,  shahrimizda ham barcha sohalarda bir qator o‘zgarishlar bo‘layotganligi xususida so‘z yuritdi. 

Shundan so‘ng barcha yig‘ilgan nuroniylar,  fuqarolar va yoshlar samakatlarni ishlash funksiyasi bilan yaqindan tanishishdi. 

Ma'lumot uchun shuni aytish kerakki, samokatlardan foydalanish uchin Mobil telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Foydalanish uchun balans CLICK yoki Paymi orqali to‘ldiriladi. Tegishli samokat tanlanib, QR-kod YOTO ilovasiga kiritiladi va "faollashtirish" ("активировать") tugmasi bosiladi. 

Eslatib o‘tamiz,  ushbu loyiha "YOTO GOPR" MCHJ To‘xtasin Adizov tomonidan,  hokim yordamchisi Sardorjon Ebotovning tavsiyasi asosida amalga oshirildi.







Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech