Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni bayram tadbiri

Qadrli qurilish sohasi xodimlari!

Sizlarni sharafli kasb bayrami – O‘zbekiston  Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! 

Ma'lumki, mamlakatimizda  Muhtaram Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.

Eng ulug‘, eng aziz bayram - O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining qutlug‘ 33 yillik shodiyonalarini  yuqori kayfiyat va ko‘tarinki ruhda kutib olish maqsadida shahrimizda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishida, yangidan-yangi sanoat korxonalari, ijtimoiy soha obyektlari, kommunikasiya va infratuzilma tarmoqlari barpo etilib, foydalanilishga topshirilishida siz aziz soha xodimlari munosib ishtirok etib, shahrimiz obodligi va yanada gullab-yashnashida o‘z hissangizni qo‘shmoqdasiz. 

Bugungi kunda “NKMK” AJda Kapital qurilish boshqarmasi, Investisiyalar boshqarmasi, kon boshqarmalarida qurilish bo‘limlari, Zarafshon qurilish boshqarmasi, uning tasarrufidagi 3 ta qurilish-montaj boshqarmasi hamda 1 ta qurilish trestida o‘z xizmat faoliyatini olib borayotgan 3,5 ming nafardan ziyod quruvchi-muhandislarni, samarali mehnati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga yuksak hissasini qo‘shib kelayotgan soha fidoyilarini O‘zbekiston Respublikasi qurilish sohasi xodimlari kuni bilan samimiy tabriklab, o‘zimning ezgu tilaklarimni izhor etaman. 

Yurtimizda barcha yo‘nalishlarda bo‘lgani kabi qurilish sohasida ham soha xodimlari tomonidan ilg‘or texnologiyalarni jalb etgan holda shahrimizda zamonaviy bino va inshootlar barpo etish, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishida sohaga o‘zining yuksak bilimi va salohiyatini namoyon etib, o‘z kasbiga sodiq, Vatanimizga farzandlik  mehri bilan fidoiy xizmat qiladigan  mutaxassislarni jalb etish orqali qurilish sanoatini misli ko‘rilmagan darajaga yetkazish ustuvor vazifalardan biridir.

Hurmatli soha xodimlari!
Fursatdan foydalanib sizlarni yana bir bor bugungi sharafli kasb bayram - Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka, kelgusi ishlaringizda zafarlar tilayman! 

Hurmat bilan 
Zarafshon shahar hokimi 
Nazirbek Raxmanov
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech