#MUNOSIB_E'TIROF
#MUNOSIB_E'TIROF
Hurmatli Prezidentimizning tegishli Farmonlariga asosan Navoiy viloyati hokimi, (https://president.uz/uz/lists/view/7491)senator Normat Tursunovning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangani barcha viloyatdoshlarimiz kabi meni ham quvontirdi.
Qariyb 3 yil davomida shahar hokimi sifatida Normat Tulkunovich bilan birgalikdagi ishlab, viloyat hokimining "Yangi Navoiy" shaharchasi, uning tarkibidagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ining barpo etilishining bosh me'mori sifatidagi jonbozliklarini, shuningdek, barcha tuman va shaharlarda ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilishida, aholining farovon yashashi, bandligining ta'minlanishi va viloyatdagi boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda islohotlardagi fidoyiliklarining guvohi bo‘ldim va buni alohida e'tirof etmoqchiman.
Normat Tulkunovichni o‘zim, Zarafshon shahar hokimligi jamoasi, shahardagi barcha rahbarlar va 94 mingdan ortiq xalqimiz nomidan Prezidentimizning yuksak e'tiroflari bilan chin dildan samimiy qutlayman.
Xalqimizning farovonligi, viloyatimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringiz doimo muvaffaqiyatlarga boy bo‘lishini tilayman.