Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRI "XALQARO DO‘STONA SHAHAR" MAQOMINI OLDI

ZARAFSHON SHAHRI "XALQARO DO‘STONA SHAHAR" MAQOMINI OLDI

Bugun, 5-mart kuni Toshkent  shahrida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida respublikada birinchi bor 220 ta tuman va shaharlar o‘rtasida Zarafshon shahri BMTning "Bolalar  va yoshlar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv" tashabbusida g‘olib deb e'lon qilindi. 

Ma'lumot uchun shuni aytish mumkinki,  "Yuksalish” umummilliy harakati, YUNISEF Bolalar jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda amalga oshirib kelayotgan “Bolalar va yoshlar uchun do‘stona mahalliy boshqaruv” tashabbusida Zarafshon shahri 2022-2024-yillar davomida o‘z tashabbuslari bilan ishtirok etdi. 

Ushbu global Tashabbus bolalar va yoshlarning huquqlarini tan olish, bu orqali ularning turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, mahalliy hokimliklarning o‘z faoliyatini bolalar va yoshlarga mos tarzda rejalashtirishini, resurslarni taqsimlashini, nazorat qilishini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. 








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech