Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

TADBIRKORLAR SAYYOR QABULI

TADBIRKORLAR SAYYOR QABULI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatiga tashrifida Respublika idoralari rahbarlariga joylarda tadbirkorlar bilan uchrashishi borasidagi vazifalar belgilab berilgan edi.

🔰Vazifalar ijrosi yuzasidan Zarafshon shahrida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyalarni keng jalb qilish, biznesni yuritish uchun qulay imkoniyatlar yaratish, soha kishilarining qonuniy manfaatlarini himoyalash va huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida Respublika ishchi guruhi, Zarafshon shahar sektor rahbarlari tomonidan uchrashuvlar tashkil etildi.

✅ Uchrashuv  ish faoliyati davomida muammoga duch kelayotgan tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, ayrim muammolar joyida bartaraf etildi. Ba’zi murojaatlarni hal qilish bo‘yicha qisqa muddatlar belgilanib, tegishli tashkilotlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.Albatta, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur sharoitlarni yaratish mutasaddilar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifadir.

✅Uchrashuv davomida o'z faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan, aholi bandligini ta'minlab, yangi loyihalarni ishga tushirib kelayotgan ayol tadbirkorlar e'tirof etildi. Bayram munosabati bilan tashakkurnoma va esdalik sovg'alar topshirildi.












Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech