Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA PARASPORTNI YANADA RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI BELGILANDI

ZARAFSHON SHAHRIDA PARASPORTNI YANADA RIVOJLANTIRISH VAZIFALARI BELGILANDI 

O'zbekiston Respublikasi sport vaziri maslahatchisi Sh.Mumindjanov, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov yoshlar bilan ishlash va sport sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o'rganishlar davomida shahrimizda parasport sohasini rivojlantirish istiqbollarini ko'rib chiqdi.

Mazkur sport yo'nalishi bo'yicha parasportchi murabbiy bilan uchrashib, taklif va murojaatlari o'rganildi. Shahrimiz yoshlarining parasport sohasi bo'yicha nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta'minlash hamda parasportni rivojlantirish bo'yicha vazifalar belgilandi.

Ta'kidlash joizki, mazkur sport yo'nalishida Zarafshon shahri bir qator faxrli natijalarni qo'lga kiritib kelmoqda.

 Xususan, zarafshonlik Paralimpiya sovrindori "Jasorat" medali sohibi Elbek Sultonov joriy yilda o'tkaziladigan "Parij-2024" yozgi Paralimpiya  o‘yinlarida qatnashib, ikkinchi bor nufuzli musobaqada vatanimiz sharafini munosib himoya qiladi.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech