Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

EZGULIK - SHIORIMIZ, MA’RIFAT QUROLIMIZ!

EZGULIK - SHIORIMIZ, MA’RIFAT QUROLIMIZ!

15- mart kuni Zarafshon shahar Yulduz madaniyat uyida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda bir qator  tashkilotlar hamkorligida “Ezgulik – shiorimiz, ma’rifat – qurolimiz!” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni shahar hokimi, shahar ma'naviyat va ma'rifat  kengashi raisi Nazirbek Raxmanov ochib berib, shahrimizda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikrlarini bildirdi.

Tadbirda  "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari -  Zebo Mirzo,  Faxriddin Xolnazarov, Otabek Aslanov,  Boboqand Umarov, Akmal Tursunov hamda shahar ma'naviyat va ma'rifat kengashi raisi o‘rinbosari O.Xakimov, kengash a'zolari L.Tursunova, M.Tursunova, D.Bahronova, shahar "Oqila ayollar" harakati a'zolari hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan nuroniylar, xotin-qizlar ishtirok etdi.

Ezgulikni shior qilgan ushbu tadbir Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etib, barchaga birdek ko‘tarinkilik ulashdi.











Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech