⚡️ Bugun, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov rahbarligida apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona, tashkilot mas’ullari, mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
⚡️Apparat yig‘ilishida ijro intizomini mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash,migrantlar bilan ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi.
⚡️Yig‘ilish davomida kambag‘al oilalarning daromadini oshirish, kambag‘allikdan chiqarish va ularning farzandlarini shahrimizdagi bepul o'qitadigan “THOMPSON YKJ NAVOIY” hamda boshqa imtiyozli o'quv markazlariga keng jalb qilish, chetda yurgan fuqarolarni olib kelish choralari, ularni ish bilan ta'minlash, sektor rahbarlari va mahalla yettiligi ko‘magida migratsiyadagi fuqarolar bilan doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa masalalar tahlil qilindi.
⚡️ Shuningdek, shahar hokimi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va shaharni ishsizlikdan holi hududga aylantirish yuzasidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlari qattiq ogohlantirilib, joylarda ishlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.