SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI ALISHER NAVOIY MAHALLASIDA BO'LDI
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov hamda boshqa mutasaddilar, shuningdek, mahalla faollari bilan birgalikda Alisher Navoiy mahallasida shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
👉Jarayonda fuqarolar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Qabulda fuqarolar tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berilishi, ish bilan ta’minlash, tibbiy ko'mak va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.
🏦Shahar hokimi tomonidan fuqarolar bilan bo‘lgan muloqotda bir qancha murojaatlar joyida o‘z yechimi topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.