Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"Ayollar daftari" ning 6-bosqichini shakllantirish yuzasidan xatlov jarayonlari davom etmoqda

📝Ayni kunlarda shahrimizda "Ayollar daftari"ning 6-bosqichini shakllantirish maqsadida 30 yoshdan yuqori bo‘lgan xotin-qizlarni xatlov jarayonlari davom etmoqda.

📝 Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarafshon shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov, shahar hokimi o’rinbosari L.Tursunova, shahar IIB boshlig‘ining o’rinbosari, N.Xaydarov,
3-sektor mas'ul xodimi J.Usmanov, hamda boshqa mutasaddilar birgalikda 3-sektor hududi bo’lgan Tinchlik mahallasida xonadonma-xonadon yurib, xotin-qizlarni muammolarini o‘rganish orqali olib borilayotgan xatlov jarayonida xotin-qizlar bilan yakka tartibda muloqotlar o‘tkazdi.

💱Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad "Ayollar daftari"ga kiritiladigan ehtiyojmand xotin-qizlarni aniqlab, daftarga kiritish orqali tizimli yordam ko‘rsatishdan iborat. Bunda hech bir ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol e’tibordan chetda qolmasligiga alohida ahamiyat qaratiladi.








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech