Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL TINCHLIK MAHALLASIDA BO’LDI

Bugun  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zarafshon shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov,  shahar hokimi o’rinbosari L.Tursunova, shahar IIB boshlig‘ining o’rinbosari, N.Xaydarov tomonidan
3-sektor mas'ul xodimi J.Usmanov, shuningdek, mahalla faollari hamda boshqa mutasaddilar ishtirokida 3-sektor hududi bo’lgan Tinchlik mahallasida fuqarolarning sayyor qabuli o‘tkazildi. 

Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib,  tegishliligi bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, fuqarolar bilan bo‘lgan muloqotda bir qancha murojaatlar joyida o‘z yechimi topgan bo‘lsa, qo‘shimcha  o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.










Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech