HOKIM O‘RINBOSARI TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI
Bugun, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov raisligida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Shoxmirzayev hamda tegishli mas’ul rahbarlar ishtirokida shahardagi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan yer-mulk, subsidiya ajratilishi, auksion masalasi, kadastr, yo‘llarni kengaytirish, maktabgacha ta’lim muassasida quyosh panelini o‘rnatilishi masalasida amaliy yordam, kredit masalasi, shuningdek, boshqa bir qator masalalarda murojaat qilindi.
Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarning sohadagi muammolari va takliflari eshitilib, har bir murojaatni ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi. Jarayonda mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.