Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"AYOLLAR DAFTARI" NING NAVBATDAGI BOSQICHI SHAKLLANTIRILADI

Bugun, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Shoxmirzayev boshchiligida  "Ayollar daftari" ning 6-bosqichiga kiritiladigan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish bo‘yicha xatlov o‘tkazish yo‘riqnomasi bilan ishlash yuzasidan shtab yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Yig‘ilish davomida har bir mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy ahvolini aniqlash maqsadida xatlov jarayonlarini sifatli tashkillashtirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini tizimli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilish lozimligi  aytildi.

Shuningdek, shahar hokimining birinchi  o‘rinbosari  bu boradagi ishlarni  sifatli yo‘lga qo‘yishda mahallalar  yettiligi  asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan organ ekanligini aytib o‘tdi. 

Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Tursunova tomonidan  "Ayollar daftari" ning  6-bosqichiga kiritilagan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash bo‘yicha xatlov o‘tkazish jarayonlariga aloqador qator tavsiyalar berildi.  

Eslatib o'tamiz,  Vazirlar Mahkamasining 145-sonli qaroriga muvofiq 2025-yil 6-yanvardan boshlab, Respublikaning barcha hududlarida "Ayollar daftari"ga kiritish uchun xatlov jarayonlari boshlanadi.

"Ayollar daftari"ga 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar kiritiladi.










Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech