Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

JARAYON

Bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar IIB boshlig‘i S.Latipov birgalikda 3-sektor hududi bo‘lgan olis Daugiztau MFY da bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashdi. 

Jarayonda mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shahar hokimi mahalla yettiligiga  qarata muammolar, avvalo, mahallada hal etilishi  kerakligini ta’kidladi. 

Shuningdek, mahalla yettiligi mahalladagi har bir fuqaroni rozi qilishi, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Kambag‘allikdan farovonlik sari" ezgu shiori ostida  aholi farovonligi, bandligini ta’minlash va daromadini oshirish, kambag‘allikdan chiqarish hamda bu borada mahalla yettiligi oldidagi  muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech