Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"Ayollar daftari"ning 6-bosqich xatlov jarayonlarini o‘rganish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔖Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari To‘xta Bozorov, O‘zKUF Navoiy viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari N. Isoqov tomonidan Zarafshon shahrida "Ayollar daftari"ning 6-bosqichini shakllantirish yuzasidan o‘tkazilgan xatlov holati, shuningdek, 30 yoshdan oshgan xotin-qizlar uchun to‘ldirilgan anketa so‘rovnomalaridagi fuqarolarning muammolarini o‘rganish jarayonlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

♦️Yig‘ilishda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla yettiligi va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. 

➡️Yig‘ilish davomida “Ayollar daftari”ning 6-bosqich xatlov jarayoni bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.

📌Shuningdek, xatlov jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar va ulaning yechimi borasida mas’ullarga kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.










Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech