SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BAHOR MAHALLASIDA BO‘LDI
Bugun, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, shahar DSI boshlig‘i Rashid Baxranov, Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilovlar tomonidan Bahor mahallasida shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Jarayonda fuqarolar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Qabulda fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, ijtimoiy ko‘makka muhtojligi sababli moddiy yordam berilishi va boshqa bir qator masalalarda amaliy yordam berish bo‘yicha murojaat etildi.
Fuqarolar bilan bo‘lgan muloqotda bir qancha murojaatlar joyida o‘z yechimi topgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan murojaatlar ijrosi alohida nazoratga olindi.