ZARAFSHON SHAHRIDA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT KENGASHINING BIRINCHI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Zarafshon shahrida shahar hokimi, shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengash raisi Nazirbek Rahmanov boshchiligida birinchi Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda shahar hokimi o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari S.Uvaytov, senator A.Tumishova, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari A.Muqimov, shahar kengashi a’zolari, shahardagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, ma'naviy-ma'rifiy soha vakillari ishtirok etdi.
Kengash yig‘ilishida shaharda ijtimoiy ma'naviy-muhitni sog‘lomlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi “Ma'naviy va ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida ma'naviy fazilatlarni yuksaltirish, oilada, mahallalarda hamda jamoat tashkilotlari bilan hamjihatlikda ishlash albatta, ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlarimizning samaradorligini oshirishda muhim o‘rin egallashi ta'kidlab o‘tildi.
Bundan tashqari 2025-yilda Navoiy viloyatida Navoiy yili deb eʼlon qilinganligi, 2025-yilda olib borilishi lozim bo‘lgan aniq masalalar, umumtaʼlim maktablarida tartib va intizomni mustahkamlash, bu borada maktab direktorlari masʼuliyatini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Kengashda ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan birga tashkilotlarda kamchiliklar ham mavjud ekanligi ham aytib o‘tildi. Hamda ko‘rilgan masalalar yuzasidan kengash kotibi va mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, kerakli qarorlar qabul qilindi.
![](/uploads/posts/2025-01/medium/1737625197_photo_2025-01-14_21-37-40.jpg)
![](/uploads/posts/2025-01/medium/1737625167_photo_2025-01-14_21-37-42.jpg)
![](/uploads/posts/2025-01/medium/1737625131_photo_2025-01-14_21-37-43.jpg)
![](/uploads/posts/2025-01/medium/1737625159_photo_2025-01-14_21-37-44.jpg)
![](/uploads/posts/2025-01/medium/1737625131_photo_2025-01-14_21-37-46-2.jpg)
![](/uploads/posts/2025-01/medium/1737625120_photo_2025-01-14_21-37-46.jpg)
![](/uploads/posts/2025-01/medium/1737625162_photo_2025-01-14_21-37-59.jpg)
![](/uploads/posts/2025-01/medium/1737625120_photo_2025-01-14_21-38-34.jpg)