OSIYO CHEMPIONI NIGORA SUVONOVANING ONASI "MA'NAVIYAT FIDOYISI" KO'KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLANDI
Bugungi bayram tadbirida Zarafshon shahar Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi rahbari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempioni, zarafshonlik sportchi Nigora Suvonovaning onasi Gulsanam Hazratovaga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirdi.
