MILLIY QADRIYATLAR UYG‘UNLIGI
Ma'lumki, milliy qadriyatlar ‒ har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik, o‘ziga moslik millat madaniyatida, adabiyotida, san’atida, tilida, dinida, tarixiy xotirasida, yashash, ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm-rusumlarida, bayramu-sayillarida o‘z ifodasini topadi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlar ‒ milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.
21-mart kuni Zarafshon shahar hokimligi old maydonida o‘tkazilgan “Milliy ana'na va qadriyatlar oyligi” doirasidagi bayram saylida tashkilotlar tomonidan milliylikni uyg’unlashtirish maqsadida milliy taomlar, milliy liboslar ko‘rgazmalarini tashkil etilganligi fikrimizning dalilidir.
Dilafruz Bahronova - Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar markazi rahbari
Suratlar muallifi: Dilshod Eshnazarov









