Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHRIDA MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI KENG NISHONLANDI

ZARAFSHON SHAHRIDA MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI KENG NISHONLANDI

Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Zarafshon shahridagi "Billur" tantanalar maskanida  bayram dasturi tashkil etildi.

Ushbu bayram dasturida Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, sektor rahbarlari, mahalla mas'ullari, ishtirok etdilar. Tadbir avvalida shahar rahbari so‘zga chiqib, mahalla mas'ullarini kasb bayrami bilan muborakbod etdi. 

 Shuningdek, mahallalarda fidoyilik bilan faoliyat olib borayotgan bir guruh mas'ullarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shundan so‘ng bayram tadbiri boshlanib, shahar madaniyat bo‘limining san'atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar  ishtirokchilarga yanada ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech