Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov raisligida tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali aholining daromadlarini oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla raislari, mahalla bankirlari va tegishli mutasaddilar ishtirok etib, tomorqa yerlaridan to‘liq foydalanish va ularning daromad keltiruvchi imkoniyatlarini kengaytirish, aholi bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratish va resurslardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida ishlarni samarali tashkil etish, shahar hududlarida ekologik va ijtimoiy holatni yaxshilash hamda mahallalarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish borasida aniq rejalar belgilab olindi. Mahalla raislariga va tegishli mas’ullarga ushbu ishlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish hamda aholiga yanada yaxshi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.