Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, yoshi ulug' va keksa onaxonlarning holidan xabar olish maqsadida ularning xonadoniga tashrif buyurdi.
Jarayonda hokim, onaxonlarga gullar va esdalik sovg'alarini taqdim etib, samimiy tabriklarini yo'lladi. Ularning sog'lik va salomatliklari uchun iliq tilaklarini bildirdi.
Shuningdek, nuroniylar yurtimizga tinchlik, osoyishtalik va xalqimizga farovonlik tilab, duo qildilar.