8-MART BAYRAMI MUNOSABATI BILAN 8 NAFAR XOTIN-QIZGA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IDENTIFIKATSIYA ID-KARTALARI TOPSHIRILDI
Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi bir guruh xotin-qizlarga "8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami" munosabati bilan Zarafshon shahar hokimi N.Rahmanov, IIB boshlig'i S.Latipov hamda IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi boshlig‘i A.To'xtayevlar tomonidan ezgu va samimiy tilaklar asosida tantanali ravishda fuqarolik ID-kartalari va kitoblar topshirildi.
Bayram tadbirida tantanali ravishda topshirilgan ushbu hujjat nafaqat shaxsni tasdiqlovchi muhim vosita, balki ularning ijtimoiy hayotga faol integratsiyalashuvi, davlat xizmatlaridan foydalanishi va mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.