Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

"ATLAS" ISHGA TUSHDI

Zarafshon shahrida savdo va xizmat ko'rsatish  sohasida  yana bir yangi  tadbirkorlik loyihasi  amalga oshirildi. "Atlas" nomli milliy matolarni sotishga ixtisoslashgan  mazkur loyiha 1 mlrd so'mlik qiymatga ega  bo'lib, Alisher Navoiy mahallasi hududida  ishga tushirildi. 

Ushbu loyiha, yakka tartibdagi tadbirkor Umidjon Sharopov tomonidan tashkil etilgan bo'lib, tadbirkor bu orqali mahalla iqtisodiyotining rivojlanishiga va yangi ish o'rinlarining yaratilishiga hissa qo'shmoqda. Xususan, tadbirkor tomonidan 5 ta yangi ishchi o'rni yaratildi. 

Majmuaning ochilish marosimida shahar ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi rahbari D. Baxranova, Oila va xotin-qizlar bo'limi bosh mutaxassisi M. Toboyeva, mahalla raisi, faollar hamda tadbirkorning yaqinlari ishtirok etishib,  tadbirkorning kelajakdagi faoliyatiga rivoj tilashdi.









Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech