Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

PROKUROR VA IIB BOSHLIG'I  MAHALLALARDAGI VAZIYATNI O'RGANIB MUHOKAMA QILISHD

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan Zarafshon shahar prokurori Sh.Shernazarov IIB boshlig'i S.Latipov bilan birgalikda "Oltin vodiy" va "O'zbekiston" mahallalarida boʻlib, qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrgandi.

Qaror talablariga ko'ra “Namunaviy xavfsiz koʻcha” va “Namunaviy xavfsiz yoʻlak”larni shakllantirishdagi zaruriy chora-tadbirlar "Yo'l xaritasi" bilan tanishishdi.

Oʻrganishlar davomida qaror ijrosini toʻlaqonli taʼminlash, mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish "qizil" hududdan "sariq" va "yashil" hududga aylantirish boʻyicha MFYga biriktirilgan masʼullar va yettilik a'zolariga aniq topshiriqlar berildi.










Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech