ZARAFSHONDA "MILLIY GVARDIYA BOG'I" TASHKIL ETILDI
🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi bahorgi mavsumda daraxt ekish ishlarining amalga oshirilishi shahrimizda yashillikka burkangan, fayzli, yangi yashil hududlar barpo etilishiga turtki bermoqda.
🌳Xususan, bugun, Zarafshon shahridagi Bahor mahallasi hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Milliy gvardiya bog'i" tashkil qilindi.
🌱Ushbu tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligida hokim o'rinbosarlari, korxona, tashkilot xodimlari, nuroniylar, yoshlar, mahalla faollari ishtirok etdilar.
🌴Tadbir avvalida shahar hokimi so'zga chiqib har bir ekilgan daraxt - bu avvalo, tabiatni asrash hamda kelajak avlod oldidagi mas'uliyatli burchimiz ekanligini ta'kidladi.
🍀 Hashar ishlari aholi o'rtasida uyushqoqlik va hamjihatlikda o'tkazilib, mevali va manzarali nihollar ezgu niyatlar bilan yerga qadaldi.














