Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHON SHAHAR HOKIMI NAZIRBEK RAHMANOVNING 22-MART - MAHALLA TIZIMI XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI


                                    

Hurmatli mahalla tizimi xodimlari va faollari!

Sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etaman.

 Davlatimizning barqaror rivojlanishi, xalq farovonligining oshishi, fuqarolarimizning oʻz hayotidan rozi boʻlib, ertangi kunga qatʼiy ishonch bilan munosib hayot kechirishini taʼminlash boʻyicha oldimizga qoʻygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim boʻgʻini hisoblangan mahalla institutining oʻrni va ahamiyati beqiyosdir.

 Shu maʼnoda mahalla, Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, haqiqiy demokratiya darsxonasidir.

Bugun mahalla tizimiga berilgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar bois, shahrimizda hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan 15 ta  mahallaning  qiyofasi zamonaviy tus olib, moddiy texnika bazasi tubdan yaxshilandi. 

Xususan, shahrimizdagi Navro'z va Yulduz mahallalari binosining  yangidan qurilib foydalanishga topshirilishi, Geolog mahallasining qayta ta'mirlanishi, shuningdek, ayni paytda O'zbekiston mahallasi yangi binosining qurilish ishlari olib borilayotganligi ham mahalla xodimlarining ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

Oʻzbekistondagi ana shunday umuminsoniy qadriyatlar sarchashmalaridan biri bo'lgan mahalla tizimining nufuzini oshirish, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ulkan maʼnaviy masalalardan biridir.

Hurmatli mahalla faollari!

Fursatdan foydalanib, Zarafshon shahridagi 15 ta mahallada fidoyilik bilan ishlab kelayotgan tizim xodimlarini bugungi bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman va mahalla tizimini samaradorligini oshirish yoʻlida qilayotgan saʼy-harakatlari uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman! 

Kasb bayramingiz barchangizga muborak boʻlsin! Oilalaringizdan tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka arimasin. Xalq farovonligi, jamiyat taraqqiyoti, oilalar tinchiligi va mahallalar obodligi yoʻlidagi samarali faoliyatingiz yanada barakali boʻlsin!

Zarafshon shahar hokimi, 
Nazirbek Rahmanov
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech