HOKIM BAHOR MAHALLASIDAGI YANGI OBYEKTLAR BILAN TANISHDI
Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov Bahor mahallasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar bilan tanishish maqsadida yangi ochilgan obyektlarda bo'ldi.
Xususan, hokim "Oila maskani"da bo'lib, uning faoliyat yo'nalishlari va ixtisoslashuvi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu maskan ayollar uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, u yerda oilaviy munosabatlarni yaxshilash, xotin-qizlarga psixologik va tibbiy xizmatlar ko'rsatish, shuningdek, turli yosh guruhlari uchun ijtimoiy dasturlar amalga oshiriladi.
Nazirbek Rahmanov jarayonda maskandan yanada samarali foydalanish, uning imkoniyatlarini kengaytirish va maskanning faoliyatini rivojlantirish bo'yicha o'zining takliflarini bildirdi.
Shuningdek, shahar hokimi mahallada yangi ochilgan dorixonani ham ko'zdan kechirdi. Tadbirkor bilan uchrashib, uning faoliyati hamda istiqboldagi rejalari bilan tanishdi. Jarayonda hokim tadbirkorga zaruriy maslahatlar berib, uning takliflarini qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.





