16-DMTT NING YANGILANGAN BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Navro‘z ayyomi yaxshiliklarga, yangiliklarga, xayrli tashabbuslarga boy ayyom.
Bugungi shukuhli kunda hamshaharlarimiz yana bir quvonchli tadbirga guvoh bo‘lishdi.
1mlrd. 360 mln. so‘m mablag‘ evaziga qayta ta’mirlangan 16-DMTTning shinam va zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan yig‘ilgan shahar faollari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari mazkur ko‘rkam maskanda bolajonlarni yanada barkamol etib tarbiyalash uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Tantanali tadbirda shahar hokimi Nazirbek Raxmanov ishtirok etib, jajji o‘g‘il-qizlarning kelajakda el-yurtining farovonligiga xizmat qiladigan, toleyi porloq insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini tiladi.