BAHOR MAHALLASIDA YANGI DORIXONA FAOLIYATINI BOSHLADI
💊Bugun Zarafshon shahar Bahor mahallasida "Vaxob Farm Zar" MCHJ tomonidan yangi dorixona tashkil etildi.
➡️Mazkur dorixonaning ochilish marosimida Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari, 5-hudud rahbari X.Oripov, mahalla raisi, hokim yordamchisi, mahalla faollari hamda tadbirkorning yaqinlari ishtirok etishdi.
➡️Yangi dorixonaning ochilishi aholi uchun sifatli va arzon dori-darmonlar taqdim etish, shuningdek, tibbiyot sohasidagi xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan muhim qadam bo'ldi.
➡️Jarayonda tadbirkorlar, aholi vakillari va mahalla faollariga yangi dorixona xizmatlarining afzalliklari to‘g‘risida ma'lumot berildi.