ZARAFSHONDA YANA BIR YANGI XUSUSIY KLINIKA O‘Z FAOLIYATINI BOSHLADI
🔭Bugun Zarafshon shahar Bahor mahallasida "Happy Medline" xususiy korxonasi tomonidan yangi tibbiy klinikasi ochildi.
➡️Uning ochilishiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimda shahar hokimi o'rinbosari, 5-hudud rahbari X.Oripov, mahalla raisi, hokim yordamchisi, mahaĺla faollari hamda tadbirkorning yaqinlari ishtirok etdi.
🩺Tadbirkor Z.Qurbonovga tegishli xususiy klinika aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha zamonaviy qulayliklarga ega. Xususan, klinika pediatr ko'rigi, terapevt ko'rigi, nevropatolog ko'rigi, ortoped ko'rigi, travmatolog ko'rigi, bo'g'im bo'shlig'iga plazma jo'natish, gips bog'lash, mushak orasi va vena ichiga inyeksiya singari xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashgan.
✅Shuningdek, hozirda mazkur tibbiy klinika 8 ta yangi ishchi o'rni yaratib, shaharda tibbiy xizmatlar sohasida yangi imkoniyatlar ochmoqda.








