"OILA MASKANI" OILALAR MUSTAHKAMLIGIGA XIZMAT QILADI
Bugun Zarafshon shahar 13-kichik tumanida yangi "Oila maskani" ning ochilish marosimi o'tkazildi.
Zarafshon shahar hokimligi va Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur maskan, oila institutni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi yondashuv asosida faoliyat yuritadi.
Maskan qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, huquqiy savodxonlikni oshirish, xotin-qizlarga psixologik ko‘mak ko‘rsatish, mustahkam va baxtli oila yaratishda yordam berish kabi ko‘plab maqsadlarni ko‘zda tutgan.
Mazkur maskanda oilaviy hayotga tayyorlov xonasi, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish xonasi, psixologik va tibbiy xizmat ko‘rsatish xonalari, ona va bola xonasi, shuningdek, sog‘lomlashtirish xonasi mavjud bo‘lib, bu barcha xonalar oilaviy munosabatlarni yaxshilash va fuqarolarga sifatli xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan.








