Yashil makon
🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi bahorgi mavsumda daraxt ekish ishlarining amalga oshirilishi shahrimizda yashillikka burkangan, fayzli, yangi yashil hududlar barpo etilishiga turtki bermoqda.
🌳Xususan, bugun, Zarafshon shahridagi "Marvarid ko'li" atrofida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko'chatlari o'tqazildi.
🌱Ushbu tadbirda shahar hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligida hokim o'rinbosarlari, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, korxona va tashkilot mas'ullari, "NKMK Jamg'armasi" DM "Zarafshon" hududiy boshqarmasi xodimlari, nuroniylar, yoshlar, mahalla faollari ishtirok etdilar.













