Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

RAMAZON HAYITI – SAXOVAT VA MEHR-MURUVVAT BAYRAMI

Ramazon hayiti – bu saxovat, mehr-muruvvat, o‘zaro yordam va ahil-inoq yashashni ulug'laydigan muborak bayramdir. Ushbu kunlarda atrofimizdagi ehtiyojmand insonlarga qo‘l uzatish, ularning holidan xabar olish va qo‘llab-quvvatlash kabi ezgu sifatlar bizni yaxshilik yo‘lida birlashtiradi.
Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligidagi mas'ullar Ramazon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand va nogironligi bor fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, ular holidan xabar olishdi. 
Ushbu uchrashuvda hokim xonadon egalariga oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdi hamda ular bilan samimiy suhbatlashdi.
Shuningdek, nuroniylar yurtimizga tinchlik, osoyishtalik va xalqimizga farovonlik tilab, duo qildilar.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech