Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

XITOYLIK INVESTORLAR ZARAFSHONDA YANA BIR LOYIHANI AMALGA OSHIRADI

Bugun Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida shahar iqtisodiy rivojlanishini yanada mustahkamlash va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida Zarafshon shahrida tovuq go‘shti yetishtirishni yo'lga qo'yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu loyiha amalga oshirilgach yangi ishlab chiqarish zavodi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali Zarafshonda tovuq go‘shti ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshiriladi. Bu esa mahalliy bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta'minlashda yangi imkoniyatlar yaratadi.




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech