Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

ZARAFSHONNI YASHIL MAKONGA AYLANTIRAMIZ

Zarafshon shahrida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish ishlari keng miqyosda davom etmoqda. 

Ushbu tadbirda Respublika ishchi guruhi vakillari, shahar hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligida  hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilot mas'ullari, nuroniylar, yoshlar, mahalla faollari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida shahar hokimi so'zga chiqib, barchani hashar ishlarida hamjihatlikka chaqirdi.

Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi asosida ekilayotgan ko'chatlarning o'sib, unib, ushbu yerlarning bog' -u rog'larga aylanishini, yurtimiz tinchligi va farovonligini tilab duolar qilishdi va keltirilgan nihollarni yerga qadadilar.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech