Меню
Русский Ўзбекча O'zbekcha English

TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV

Bugun shahar hokimi Nazirbek Rahmanov Savdo-sanoat palatasi Zarafshon shahar bo’limi va boshqa mas’ullar bilan birgalikda tadbirkorlar va tadbirkorlik istagidagi fuqarolar bilan uchrashdi. 

Ushbu uchrashuvda asosan, tadbirkorlar tomonidan milliy shirinliklar savdosi faoliyatini yo'lga qo'yish uchun joy, hunarmandchilik faoliyati uchun yer-joy, yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida yer-joy, "Oazis" bog'dorchilik jamiyatidagi mevali bog' uchun yer maydon ajratish, mebel ishlab chiqarish sexi uchun yer-joy, auksiondan yutib olingan yer-joyiga qurilish qilish masalasi va boshqa muammo, takliflar tinglandi.

Uchrashuvda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar tegishli rahbarlarga biriktirilib, ularni hal etish bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech