Bugun, Zarafshon shahar hokimi Nazirbek Rahmanov, Xalq qabulxonasi mudiri X.Xalilov hamda tegishli mas'ullar bilan birgalikda Konchilar mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o'tkazdi.
Qabulda fuqarolar tomonidan uy-joy masalasi, ishga joylashish, yotoqxona masalasi va boshqa masalalar yuzasidan murojaat etildi.
Qabul davomida shu joyning o'zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Batafsil o‘rganishni taqozo etadigan masalalarni hal etish yuzasidan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.